O‘zenergoinspeksiya tomonidan Qashqadaryo viloyatidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qamashi tumanida joylashgan “A. E. T.” MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida Ai-92 markali avtobenzin laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) aniqlandi.
Ushbu AYOQShda qoldiq saqlanayotgan neft mahsulotlarini sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.