Hujjat bilan tamaki mahsulotlari uchun texnik reglament tasdiqlandi. U 2025-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi. Texnik reglament:
- eksport qilishga yoki respublika hududi orqali tranzit uchun moʻljallangan;
- yuridik shaxslar tomonidan koʻrgazmali namunalar, sinovlar uchun namunalar sifatida sotish maqsadisiz olib kirilgan;
- jismoniy shaxslar, jumladan, chet el fuqarolari tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun foydalanish va keyinchalik sotish maqsadisiz olib kirilgan tamaki mahsulotlari va tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalariga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Texnik reglament:
- xom ashyo va ingrediyentlar;
- tashish va saqlash;
- ishlab chiqarish;
- qadoqlash;
- tibbiy ogohlantirishlarga talablarni belgilaydi.
Hujjat tamaki mahsulotlari uchun kimyoviy va mikrobiologik moddalar miqdorining yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori darajalarini belgilaydi.
Shuningdek, tamaki mahsulotlarining oʻramida joylashtiriladigan tibbiy ogohlantirishlar namunalari tasdiqlanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 21.05.2024-yildan kuchga kirdi.