1955 yildan beri amal qilib kelayotgan mazkur qonunga shtat hukumati unga jazo choralarini kuchaytirishni ko'zda tutuvchi o'zgartirishlarni qo'shishga qaror qildi. Xususan, qonunga zid ravishda sigir so'yganlik uchun tayinlanadigan ozodlikdan mahrum etish jazosi 7 yildan 10 yilga chiqarildi.
Shuningdek, qonunga “hayvonning hayotini xavf ostiga qo'yish” moddasi ham qo'shildi. Unga muvofiq sigirning jarohatlanishiga sabab bo'lganlar, unga etarli em va suv bermaganlar 1 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Bunday holatlarda sigirlar olib qo'yiladi, biroq ularni bir yil davomida boqish xarajatlari egalarining zimmasida bo'ladi.
Uttar-Pradesh shtati aholisining 80 foizi hinduizimga e'tiqod qiladi. Hinduizmda esa sigir muqaddas hayvon hisoblanadi.