Manbaga koʻra, mazkur obyektni sotish ikki bosqichda oʻtkaziladi.
Birinchi bosqichda talabgorlar oldindan saralanadi. Jumladan, savdolarda qatnashish uchun talab qilingan hujjatlarning toʻliqligi, zakalat puli kelib tushganligi, davlat aktividan kelgusida foydalanish yoʻnalishlariga qoʻyilgan talabga nisbatan talabgor tomonidan taklif etilgan biznes konsepsiyasi loyihasining maqbul yoki maqbul emasligi koʻrib chiqiladi.
Ikkinchi bosqichda – talabgorning tijorat takliflari (sotib olish narxi va toʻlovni amalga oshirish muddati), zakalat puli miqdori (narx taklifining kamida 5 foizini tashkil etishi) hamda toʻlov qobiliyati baholanadi.
Birinchi bosqichda bitta taklif kelib tushgan holda savdolar oʻtkazilmagan deb eʼtirof etiladi.