Birinchi parvoz joriy yilning 14-oktyabrida charter asosida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti 1 soat 20 minut. Chiptalar narxi bir tomonga 920 ming so‘mdan boshlanadi. Chipta narxiga 5 kg qo‘l yuki va 20 kg bagaj kiradi. Aviachiptalarni silk-avia.com rasmiy veb-saytida, aloqa-markaz operatorlaridan +998(55) 501-22-12 yoki O‘zbekistondagi barcha xalqaro ayeroportlar kassalarida xarid qilishingiz mumkin.
“Kelajakda Samarqanddan Turkistonga parvozlarni muntazam tarzda amalga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, Qozog‘iston tomonining tashabbusi bilan aviakompaniya Farg‘onadan Turkistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi aviatashuvchi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, "Silk Avia" joriy yilning 25-aprelidan O‘zbekiston shaharlariga muntazam qatnovlarni amalga oshira boshlagan. Aviakompaniya Issiqko‘lga birinchi xalqaro reysni joriy yilning avgust oyida amalga oshirdi. Arzon aviakompaniya sifatida faoliyat olib boruvchi aviatashuvchi parkida 70 o‘ringa mo‘ljallangan uchta ATR72-600 samolyoti mavjud.