Shulardan biri kuni kecha Toshkentda sodir boʻldi. Mahalliy aviaqatnovlar terminalining roʻyxatdan oʻtish peshtaxtasiga yoʻlovchi kelib, xodimga uning soʻzlariga koʻra, Toshkent-Termiz reysi uchun aviachipta boʻlgan hujjatni uzatgan.

Biroq hujjat faqatgina ushbu reys uchun bronning bosma nusxasi boʻlib chiqdi.

Yoʻlovchining taʼkidlashicha, bunday “chipta” unga shahar kassalardan birida sotilgan. Aviakassaga qoʻngʻiroqdan soʻng, ushbu yoʻlovchiga pul qaytarilgan, shundan soʻng yoʻlovchi aeroport kassasidan chipta sotib olib, Termizga uchib ketgan.