Unda xorijiy tillarni biladigan, zamonaviy va xalqaro standartlarga mos “aqlli kampus”da taʼlim olishni istagan har tomonlama iqtidorli abituriyentlarni jalb qilish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, dasturi doirasida noyob oʻquv jarayonini ommaviy targʻib qilish maqsad qilingan.

24-maydan 24-iyunga qadar “Ipak yoʻli” universiteti delegatsiyasi respublika hududlarida tashriflar jadvalini tayyorladi.

Tadbirlar Nukus shahridan boshlandi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan ushbu tadbirni amalga oshirishda amaliy yordam koʻrsatildi. Festivalning oʻtkazilishi “Soʻnggi qoʻngʻiroq” maktab bayramlarini nishonlash bilan bir vaqtda oʻtkazilganligi, “Silk Road Admission Fest” tadbiri Nukus shahridagi koʻplab maktab bitiruvchilarining eʼtiborini tortdi. Tadbir doirasida turli tanlovlar oʻtkazildi, faol ishtirokchilarga universitet brendi ostidagi esdalik sovgʻalari topshirildi. Tadbirlar dasturi Xiva shahridagi Ichan Qalʼada ham boʻlib oʻtdi, deb xabar beradi “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universiteti matbuot xizmati.

Jadvalga koʻra, keyingi tadbirlar Navoiy shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.