“Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan viloyatlarga yoʻl olgan taniqli kinoijodkorlardan tarkib topgan “Kinokarvon” guruhi tomoshabinlarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida “Sinemobil” namoyishlarini boshladi.
Kuni kecha Navoiy viloyatida bolalar va oʻsmirlar uchun agentlik buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Ergash Moʻminovning “Orzular qanotida” filmi namoyish etildi.
Namoyishdan soʻng, ijodkorlar bilan suhbatlar tashkil etildi. Bolalar “Sinemobil” kinoplatformasi namoyishlaridan juda mamnun boʻlishdi. Bu kabi namoyishlar hali davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, oldinda “Oʻzbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan “Hayrat”, “Muqimiy” filmlarining “Sinemobil” namoyishlari ham boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati