Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, oʻrganish jarayonlari boshlab yuborilgani haqida avvalroq xabar berilgandi.
“Hozirda oʻz pedagogik faoliyatini bajarishda qoʻpol xatolikka yoʻl qoʻyganligi uchun maktab oʻqituvchisi oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilganlgini maʼlum qilamiz”, deya xabar beradi Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi.
«Ushbu holat Buxoro viloyatida favqulotda vaziyat sifatida baholanib, shu kunning oʻzida viloyat hokimi oʻrinbasari Mirali Hamroyev rahbarligida xalq taʼlimi boʻlimlari mudirlari, maktab direktorlari ishtirokida ZOOM orqali yigʻilish oʻtkazilib, bu holat keng muhokama qilindi. Oʻqituvchilarning pedagogik madaniyatini oshirish va bunday xunuk holatlarning oldini olish borasida qatʼiy topshiriqlar berildi.
Hozirda holat boʻyicha oʻrganish ishlari huquq-tartibot idoralari hamkorligida davom etmoqda», deyiladi bayonotda.