Bugun, 24-may kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Singapur rahbarini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarorgoh oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif qildi.
Harbiy orkestr ikki davlat madhiyalarini ijro etdi.
Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushishdan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.