Uning ma'lumotlariga ko'ra, tankerlar Singapur, San-Tome va Prinsipi bayroqlari ostida harakatlangan.
Singapur dengiz floti kemasi va harbiy vertolyot ishtirokida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Rasmiylar o'tib ketayotgan kemalarga murojaat qilib, yordam so'rashdi.
Qayd etilishicha, hodisa Xitoy, Yaponiya va Koreya Respublikasini Yaqin Sharq va Yevropa bilan bog'laydigan dunyodagi eng gavjum yuk tashish yo'nalishlaridan birida sodir bo'ldi, deb xabar beradi tass.ru.