Tashrif davomida Singapur taʼlim tajribasini oʻrganish hamda mamlakatimizga tatbiq etish boʻyicha bir qator vazirlik va idoralar bilan muzokaralar oʻtkazilmoqda.
Xususan, tashrifning ilk kunida Taʼlim inspeksiyasi vakillari va Singapurdagi nodavlat oliy taʼlim muassasasi “TMC Academy” bosh direktori oʻrinbosari Kendrik Tan bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Kendrik Tan “TMC Academy”ning Toshkentdagi filiali faoliyatini yanada kengaytirish rejasi bilan oʻrtoqlashdi. Xususan, institutning moddiy-texnik bazasi va taʼlim faoliyati ikki bosqichda kengaytiriladi;
birinchi bosqichda keyingi ikki yil davomida umumiy qiymati 10 million AQSH dollaridan oshmagan 2 ta yangi oʻquv binosini quriladi;
ikkinchi bosqichda Respublikaning boshqa hududlarida (xususan, Toshkent viloyatida) institutning yangi kampuslarini qurish rejalashtirilmoqda.
Shunday qilib, keyingi besh yilda qariyb 40 million AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, tomonlar Oʻzbekiston mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan sohalarda (axborot texnologiyalari, moliyaviy texnologiyalar, kiberxavfsizlik hamda doktorantura dasturlari) kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.