Sinoptiklar dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qildi

    Ertaga ertalab respublika shimolida va Fargʻona vodiysida baʼzi joylarga tuman tushishi hisobiga koʻrinuvchanlik yomonlashadi.

    Harorat foni kechagi kunga nisbatan biroz past, ammo yetarli darajada yuqor, 15-17o iliq, janubda 20o iliq atrofida boʻladi.

    Dam olish kunlari Oʻzbekiston hududiga markazi Qozogʻiston ustida boʻlgan sovuq antitsiklon taʼsir etadi. Havo harorati kechalari 3-8o iliqgacha, kunduz kunlari 8-13o iliqgacha pasayadi.

    Ushbu kunlarda respublikaning barcha hududlari boʻyicha quruq ob-havo saqlanib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi.

    Sovuq havo kirib kelishi natijasida shimol va choʻl hududlarining baʼzi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.