Ma'lum bo'lishicha, 2022 yil 10 iyun kuni Toshkent viloyati IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo'limi hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari bilan hamkorlikdat tezkor tadbir o'tkazilgan.
Tadbir davomida 1992 yilda tug'ilgan fuqaro O.A. Zangiota tumani hududida gumonlanib ko'zdan kechirilganda, uning yonidan 0,5 gr gashish giyohvandlik vositasi, 25 gramm (kristall-alf) va 100 gramm (mef.n) kuchli ta'sir qiluvchi psixotrop va sintetik giyohvandlik vositasi kukunlari borligi aniqlangan.
Shuningdek, ushlangan shaxsning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, o'tkazish maqsadida saqlab kelingan 100 gr (mef.n), 15 gr (kristall-alf) sintetik vositasi borligi aniqlanib hujjatlashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan ushlangan shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda IIBB Axborot xizmati.