Sirdaryo energiya taʼminoti – alohida eʼtiborda

    Energetika 30 Sentabr 2020 1403

    Energetika vazirligi Shtabi Sirdaryo viloyati isteʼmolchilarini 2020/2021-yillar kuz-qish mavsumida elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

    Ishchi guruh aʼzolari Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori talafotlari oqibatida shikastlangan Oqoltin tumanidagi 35/10 kVli “Toirov”, Mirzaobod tumanidagi 35/10 kVli “Uch tom”, Sardoba tumanidagi 35/10 kV “Yangi hayot” podstansiyalari, va elektr uzatish tarmoqlarida taʼmirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

    Mazkur tumanlarda qad koʻtargan koʻp qavatli uylarni elektr taʼminoti boʻyicha kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi Shtab tomonidan oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

    Maʼlumot uchun, viloyat isteʼmolchilariga kuz-qish mavsumida jami 779,6 million kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. Viloyatda elektr energiyasi isteʼmolchilari soni 177 839 tani tashkil etadi.

    Isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun 8,1 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 2 526 ta transformator punktlaridan (TP) foydalaniladi.

    Joriy yilning 1-oktyabriga qadar 627,7 kilometr elektr uzatish tarmoqlari va 219 ta TP mukammal taʼmirlanadi.

    Bugungi kunga 36 ta TP, 4,3 tonna transformator moyi va 42,6 kilometr kabel mahsulotlarining avariya zaxirasi yaratilgan. Shuningdek, 11 ta avariya brigada tashkil etilgan, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.