Sirdaryo erkin sanoat zonasi hududi 1 ming 80 gektarga kengaytirildi

    Yigʻilishda Sirdaryoda sanoat, servis, qishloq xoʻjaligini yanada rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

    Hudud iqtisodiyotiga innovatsiya va zamonaviy texnologiyalar olib kirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

    Soʻnggi yillarda viloyatda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda ishga tushirilgan 500 million dollarlik 31 ta korxonada 5 ming aholi yuqori daromadli ishlarda mehnat qilyapti.

    Xitoylik hamkorlar bilan yana 700 million dollarlik 40 ta loyiha boʻyicha ishlar jadal ketmoqda.

    Yangiyer, Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo, Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Xovos hisobidan Sirdaryo erkin sanoat zonasi hududini 1 ming 80 gektarga kengaytirildi.

    Endilikda sanoat zonasining har bir qarich yerida faqat va faqat yuqori qoʻshilgan qiymat beradigan loyihalarning joylashishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.