Sirdaryo viloyati qishloq oilaviy poliklinikalariga eng soʻngi rusimdagi tibbiy jihoz, asbob-uskunalar ilgʻor davlatlardan keltirila boshladi. Bu esa tibbiy xizmat koʻlamini yana-da kengayishiga, xizmat sifatini oshishiga sabab boʻlyapti.
Turli tushunmovchiliklarni oldini olish imkonini beryapti. Ayniqsa oila shifokori fuqaroni ilojsizlikdan markaziy poliklinikasiga yoki boshqa tibbiy diagnostika jihozlari bor shifoxonalarga yoʻnaltirishlariga endi hojat qolmaydi.
Kuni kecha Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit hisobidan Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi 31 ta oilaviy poliklinika va Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga jami 32 ta EKG va 32 dona UTT hamda viloyat muassasalari, tuman tibbiyot birlashmalari tarkibidagi shifoxonalar uchun 25 dona sunʼiy nafas olish (IVL) tibbiy asbob-uskunalari keltirildi.
Bundan tashqari, tibbiyot muassasalarining moddiy texnik bazasini rivojlantirish maqsadida 48 dona sunʼiy nafas olish (IVL) apparati, 85 dona nafas olishga koʻmaklashuvchi SPAP apparati, 15 dona funksional karavot, 31 dona “Monitor patsiyent”, 5 dona Avtoklav, 15 dona “Shpritsevoy nasos”, 60 dona pulsometr kabi tibbiy asbob uskunalar Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yetkazib berildi va tibbiyot muassasalariga tarqatildi.
Loyiha doirasida koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalar, oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokor punktlarini kompyuter texnikalari bilan taʼminlash ham koʻzda tutilgan. Bu esa tibbiy xizmat sifatini yana-da oshishga,kasalliklarni erta bosqichda aniqlab, aniq tashxis qoʻyishda juda qoʻl keladi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.