Sirdaryo tumani hokimiga to'rtta o'rinbosar tayinlandi

    Mamlakatimizda 7 May 2021 2978

    Bu haqda tuman hokimligi Axborot xizmati tomonidan xabar berildi.

    Xakimov Sherali Baxodirjon oʻgʻli Sirdaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Sherali Xakimov tayinlovga qadar moliya sohasida qator lavozimlarda ishlab, 2018-yildan buyon Sirdaryo tumani moliya boʻlimi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Mirzayev Nurali Sheraliyevich Sirdaryo tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Nurali Mirzayev tayinlovga qadar Sirdaryo tumani hokimi yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Gapparov Joxongir Davlyatovich Sirdaryo tumani hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Jahongir Gapparov tayinlovga qadar Sirdaryo tumani Qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Toʻraqulov erkin Esonkeldiyevich Sirdaryo tumani hokimi oʻrinbosari-Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

    Erkin Toʻraqulov uzoq yillar Ichki ishlar organlari sohasida masʼul lavozimlarida ishlab, tayinlovga qadar Sirdaryo tumani hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

    Xusayinov Gʻayrat Inomiddinovich Sirdaryo tumani hokimligi, tashkiliy nazorat guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi.

    Gʻayrat Xusayinov tayinlovga qadar Sirdaryo biznes-akseleratori direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.