баннер
15 Apr 2025
00:38

    Sirdaryo tumaniga yangi hokim tayinlandi

    Turdimurodov Azizbek Maxammatqul oʻgʻli Sirdaryo tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

    Sirdaryo tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Deputatlar tomonidan shu kunga qadar Sirdaryo viloyati yoshlar ishlari agentligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Turdimurodov Azizbek Maxammatqul oʻgʻli nomzodi tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

    Maʼlumot oʻrnida A.Turdimurodov 1994-yil Sirdaryo viloyati, Boyovut tumanida tugʻilgan. 2019-yil Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2022-yilda esa Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi huzuridagi Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutini tamomlagan. Mutaxassisligi axborot texnologiyalari va servis, loyihalarni boshqarish.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech