Ayrim tuman hokimlari investitsiya va eksport masalasini oʻz holiga tashlab qoʻygani qayd etildi.
Oʻtgan yili Beruniy, Qoraoʻzak, Qoʻngʻirot, Peshku, Yangiobod, Qamashi, Xonqa, Shovot tumanlarida investitsiya 15 million dollarga ham yetmadi. Romitan, Dehqonobod, Mirishkor, Chiroqchi, Narpay, Nurobod va Guliston tumanlari, Ohangaron shahrida eksport kamaygan.
Ushbu 16 ta tuman va shahar hokimlariga hayfsan eʼlon qilindi.
Hududida ivestitsiyalarni jalb qilish, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va boshqa yoʻnalishlardagi faoliyatda jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻygani uchun Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev lavozimidan ozod etildi.
Endilikda investitsiya boʻyicha yangi nazorat tizimi boʻlishi belgilandi.
Bunda Bosh vazir bu yilgi 42 milliard dollar xorijiy investitsiya boʻyicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi, viloyat, shahar va tuman hokimlari, tarmoq rahbarlari haftada ikki kun investitsiya bilan shugʻullanadi.
Mutasaddilar tinmay hududlarga borishi, tadbirkorlar bilan uchrashishi, masalasini joyida hal qilishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.