Sirdaryo viloyati hokimining tadbirkorlar va jamoatchilik bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

    Biznes 16 Aprel 2021 2111

    Joriy yil 15-aprelda Sirdaryo viloyati hokimi Gʻofur Mirzayevning viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish, qoʻshimcha ish oʻrinlarini yaratish birinchi yarim yillikda amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha tadbirkorlar va jamoatchilikka murojaati boʻlib oʻtdi.

    Unda viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengash deputatlari, ommaviy axborot vositalari hamda bir guruh tadbirkorlar vakillari ishtirok etdi.

    Viloyatda joriy yil 1-aprel holatiga 32 863 ta tadbirkorlik subyektlari faoliyat koʻrsatib kelyapti. Jumladan, 18 630 ta kichik biznes subyektlari va 14 105 ta yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etadi.

    Joriy yilning I choragida 1 557 ta yangi subyektlar tashkil etildi, shundan 695 tasi kichik biznes subyektlari hamda 862 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlarni tashkil etmoqda. II chorakda 1 098 ta yangi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilishi rejalashtirilgani taʼkidlandi.

    Shuningdek, tijorat banklari tomonidan I chorak davomida 2 496ta tadbirkorlarga barcha manbalardan jami 1 trillion 180 milliard soʻm kredit ajratilgani.

    Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor”da 39,9 milliard soʻm,

    “Fermerlar jamgʻarmasi”da 0,4 milliard soʻm,

    Hunarmandchilik sohasida 1,2 milliard soʻm,

    Xotin-qizlarga 4,6 milliard soʻm,

    “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlarida 2,6 milliard soʻm imtiyozli kreditlar berilgani qayd etib oʻtildi.

    Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida jami 473 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratish belgilangan. Jumladan, “Har bir oila – tadbirkor”da 258,3 milliard soʻm,

    “Fermerlar jamgʻarmasi”da 18 milliard soʻm,

    Hunarmandchilik sohasi 22,1 milliard soʻm,

    Xotin-qizlarga 68,2 milliard soʻm,

    “Yoshlar – kelajagimiz”da 100 milliard soʻm va

    “Bandlikka koʻmaklashishi dasturi” doirasidan 6 milliard soʻm imtiyozli kreditlar ajratiladi.

    Shuningdek tadbir davomida viloyatning sektor rahbarlari tomonidan ham maʼruzalar qilinib, amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar berildi. Tadbirdan ishtirok etgan tadbirkorlar va faollar tomonidan bir qator takliflar ham bayon qilindi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.