Sirdaryo viloyati tibbiyot muassasalarida 14 ta ixtisoslashtirilgan boʻlimlar faoliyati yoʻlga qoʻyildi

    Salomatlik 15 Noyabr 2022 2045

    Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo mintaqaviy filialiga Germaniyadan umumiy qiymati 4,5 milliard soʻm boʻlgan universal Angiograf Simens Artis 1 apparati keltirildi.

    Ushbu zamonaviy tibbiyot jihozi yordami bilan yurak koronar qon —tomirlarida yuzaga kelgan patologik oʻzgarishlarni bartaraf etish, davolash va tashxislash va davolash ishlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa.

    Bundan tashqari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat filialiga Chexiya davlatidan keltirilgan 1 million 400 ming dollar qiymatiga teng boʻlgan, Kobalt-80 rusumidagi gamma-nur terapiya apparati va boshqa 16 turdagi tibbiy asbob-uskunalar onkologik kasallikka chalingan bemorlarni davolash va tashxislashda qoʻl kelyapti.

    Viloyat perinatal markaziga keltirilgan 7 turdagi eng zamonaviy, yuqori texnologik imkoniyatga ega boʻlgan “My Lab” rusumli koʻp funksiyali UTT apparati, bolalar va kattalar uchun sunʼiy nafas berish apparati, mexanik operatsion stol, operatsiya xonalari uchun galogenli lampa, elektro generator-koagulyator, EKG funksiyali defibrillyator monitori bilan, vakuumli soʻrgʻich apparatlari, qattiq va yumshoq mebellar onalar va bolalarga namunali tibbiy xizmat koʻrsatish imkonini beryapti.

    Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatni aholiga yaqinlashtirish maqsadida Sirdaryodagi tibbiyot muassasalarida 14 ta ixtisoslashtirilgan boʻlimlar ish boshladi.

    Guliston shahrida kardiorevmatologiya va nevrologiya, Yangiyer shahrida kardiologiya, urologiya va nevrologiya, nefrologiya va gemodializ, Boyovut va Guliston tumanlarida kardiologiya, Oqoltin va Sirdaryo tumanlarida tumanlararo qoʻshma shikastlanish tumanlararo qoʻshma shikastlanishlar va oʻtkir yurak qon tomir markazi, travmatologiya, kardiologiya, urologiya, endokrinologiya, lor, travmatologiya hamda Xovos tumanida endokrinologiya boʻlimlari tashkil etilgan boʻlsa, 2020-2021-yillarda pulmonologiya va ftiziatriya, pediatriya, kardiologiya, onkologiya va radiologiya, xirurgiya, urologiya, terapiya, allergologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli parazitar kasalliklari, akusherlik va ginekologiya, kosmetologiya va dermato-venerologiya va narkologiya sohalari boʻyicha Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining filiallari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

    Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan bunday oʻzgarishlar Sirdaryoda ham tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanib, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini talab etadigan davolash uslublar sohaga joriy etish imkonini beryapti.

    Bu esa, uzoq yillar davomida qiynalgan, davo umidida yurgan insonga sogʻlom hayot baxsh etishga xizmat qiladi.

    Gʻulom Primov,

    Sirdaryo viloyat

    Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

    matbuot kotibi.