Sirdaryo viloyati umumtaʼlim maktablarida anʼanaviy oʻquv jarayonlari boshlandi

    Ta'lim 25 Sentabr 2020 952

    Maʼlumki, 2020-2021 oʻquv yilining birinchi kuni 14-sentyabr etib belgilangan.

    Maktablar shu kundan boshlab oktyabr oyiga qadar individual tarzda joylardagi haqiqiy holat hamda sogʻliqni saqlash tizimidagi SEOM xulosalariga muvofiq va amaldagi tartibga koʻra, mahalliy kengash deputatlari ruxsatidan soʻng taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshlaydi.

    Sirdaryo viloyatida 7-sentyabrdan 23-sentyabrgacha 11 ta shahar-tumandagi jami 311 ta maktabdan 183 ta umumtaʼlim maktabi anʼanaviy taʼlim jarayonlarini boshladi.

    Eslatamiz, faoliyatini tiklamagan maktab oʻquvchilarining taʼlim olishlari 14-sentyabrdan boshlab, “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi televizion darslar orqali taʼminlanadi. “Onlayn-maktab” loyihasi doirasidagi darslar jadvali xalq taʼlimi rasmiy sayti va tegishli telegram kanallarida kunlik ravishda eʼlon qilib boriladi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.