Sirdaryo viloyati va Vengriyaning Xaydu-Bixar (Hajdú-Bihar) viloyati o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi

    Joriy yil 5-iyunda Sirdaryo viloyat hokimligida viloyat rahbari Erkinjon Turdimov Vengriyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yojef Roja bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Unda Sirdaryo viloyatida ta’lim, tibbiyot, farmatsevtika hamda qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, eksportbop mahsulot yetishtirish va yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida ikki tomon uchun manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama etildi.

    Shu bilan birga, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida, Sirdaryo viloyati va Vengriyaning Xaydu-Bixar (Hajdú-Bihar) viloyati o‘rtasida hududlararo hamkorlik aloqalarini o‘rnatish taklif etildi.

    Yakunda istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirish borasida hamkorlikda izchil ishlar olib borilishiga kelishildi, deb xaba beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.