Xitoy kompaniyasi Xovos tumanida agrologistik park quradi

    Loyiha qiymati 50 mln AQSH dollari etib baholangan.

    Bu haqda Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov hamda Xitoyning “CITIC Group” kompaniyasi qishloq xoʻjaligi departamenti bosh direktorining oʻrinbosari Yibo Vang uchrashuvida maʼlum qilindi.

    Tomonlar uchrashuvda ajratilgan yer uchastkasida barpo etilishi rejalashtirilayotgan obyektlarni muhokama qilgan. Xususan, hududda 50 ming tonna sigʻimga ega muzlatgichli omborlar, ofislar, kamida 200 xonali mehmonxonalar, bojxona, avtopark, fitosanitariya va veterinariya tekshiruvi punktlari hamda konteynerlar qabul punkti va boshqa obyektlari qurilishi rejalashtirilgan.

    Bu yirik logistika markazi Oʻzbekistonni Qozogʻiston, Tojikiston, Xitoy va Afgʻoniston bilan bogʻlaydi.

    Ushbu obyekt tashqi infratuzilmasi toʻliq Oʻzbekiston tomonidan, agrologistik markaz barpo etish esa toʻliq Xitoy investitsiyalari asosida amalga oshiriladi.