Sirdaryo viloyatining 170 fermerlik xoʻjaliklari tomonidan toʻlangan 374 mln. soʻm asossiz boʻlib chiqdi

    Agrosektor 21 Sentabr 2020 1715

    Sirdaryo viloyati “Agrokimyohimoya” xududiy aksiyadorlik jamiyatida gʻalla va paxta maydonlariga kimyoviy pereparatlar va suspenziya sepish, OVX purkagichi bilan gʻoʻza bargini sunʼiy toʻktirish (Defoliatsiya) xizmatlari boʻyicha qoʻllanilayotgan narxlarni soʻrov yoʻli orqali oʻrganish va tahlil oʻtkazildi.

    Oʻrganishda, Sirdaryo viloyati “Agrokimyohimoya” xududiy aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-yilda paxta va gʻalla maydonlariga kimyoviy pereparatlar va suspenziya sepish xizmati jami 94743 ga yer maydoniga amalga oshirilib, narxlarini rentabellik darajasini 1 ga yer maydoniga 1721 soʻm oshiqcha narx qoʻllash oqibatida, 162,9 mln. soʻm asossiz daromad olingan.

    Shuningdek, 2019-yilda OVX purkagichi bilan gʻoʻza bargini sunʼiy toʻktirish (Defoliatsiya) xizmati jami 31033 ga yer maydoniga amalga oshirilib, narxlarini rentabellik darajasini 2586 soʻm oshiqcha narx qoʻllash oqibatida, 80,2 mln. soʻm asossiz daromad olingan.

    Bundan tashqari, 2020-yilda paxta va gʻalla maydonlariga kimyoviy pereparatlar va suspenziya sepish xizmati jami 51923 ga yer maydoniga amalga oshirilib, narxlarini rentabellik darajasini 2007 soʻm oshiqcha qoʻllash oqibatida, 104,2 mln. soʻm asossiz daromad olingan.

    Agrokimyohimoya” xududiy aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2019-2020-yillar davomida narxlarini rentabellik darajasini notoʻgʻri qoʻllanishi oqibatida, jami 347,4 mln. soʻm daromad olinganligi aniqlandi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish Sirdaryo viloyati xududiy boshqarmasi maxsus komissiyasining 2020-yil 4-sentyabr kungi qarori asosida berilgan majburiy koʻrsatmaga asosan isteʼmolchilardan olingan 347,4 mln. soʻm asossiz daromad 170 nafar fermer xoʻjaliklari bilan qayta hisob-kitob qilinib, isteʼmolchilar manfaati qayta tiklandi.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Matbuot xizmati