Sirdaryoda 1 500 MVt quvvatli issiqlik elektr stansiyasi quriladi

    Energetika 22 Yanvar 2021 1699

    Tez kunda Sirdaryoda quvvati 1 500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishiga start beriladi.

    Sirdaryo viloyatida yangi IES Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) (investor) va “Acwa Power Sirdarya” MCHJ (Loyiha kompaniyasi) oʻrtasidagi tuzilgan investitsiya bitimi asosida barpo etilmoqda.

    IES qurilish ishlari 3 yil, yaʼni 36 oy davom etadi. Loyiha qiymati 1,2 milliard dollarni tashkil etib, quvvati 1 500 MVtli IES larning samaradorligi 60 foizdan oshadi va bu mintaqada faoliyat yuritayotgan issiqlik elektr stansiyasida ishlatilayotgan tabiiy gazning deyarli yarmini tejash imkonini beradi. Loyiha davomiyligi 25 yil boʻlib, yillik ishlab chiqarish miqdori soatiga 12 milliard kVt ni tashkil etadi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.