баннер
17 Apr 2025
04:08

    Sirdaryoda 1 mlrd.dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi

    “Hududgaztaʼminot“ AJ tomonidan Sirdaryo viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

    Oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida viloyatning Mirzaobod tumani “Yangihayot“ MFYda joylashgan “A. P.“ MCHJda gazdan foydalanish holati koʻzdan kechirilganda korxonada oʻrnatilgan gaz hisoblash uskunasining ruxsat etilgan maksimal oʻlchash chegarasidan chetga chiqqan holda ikki dona nostandart yondirgichdan foydalanilayotgani aniqlandi.

    Holat boʻyicha qayta hisob-kitob amalga oshirildi va 1 milliard 558 million soʻmlik zarar hisoblandi.

    Shuningdek, Guliston shahar “Bahor“ MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro X. R. xonadonida hisoblagichdan tashqari gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, “zangori yoqilgʻi“dan noqonuniy foydalanib kelayotgani maʼlum boʻldi.

    Ushbu holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, 379 million 787 ming soʻmlik zarar qayta hisob-kitob qilingan.

    Hozirda yuqoridagi holatlar boʻyicha tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech