Viloyat hokimining oʻrinbosari Dilmurod Abduraxmonov boshchiligidagi ishchi guruhi tumanlarda, hudud sektorlari rahbarlari, qishloq xoʻjaligiga aloqador tashkilot va korxonalar mutasaddilari gʻoʻza parvarishi bilan bogʻliq agrotexnik tadbirlarning borishini oʻrgandi, deya xabar beradi hokimlik axborot xizmati.

Oʻrganish jarayonida paxta dalalari terimga tayyor ekanligi aniqlanib, nes-nobud qilmasdan belgilangan rejani bajarishga kirishilishi maʼlum qilindi.

Xabarda viloyat paxtakorlari erta bahorda 75 ming 500 gektar maydonga baraka urugʻini qadab, ayni kunlarda rejadagi 250 ming tonna paxta xirmonini yaratish uchun astoydil mehnat qilayotgani aytilgan.