Sirdaryoda 2,1 mlrd. soʻmlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan “zapravka“ aniqlandi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Shirin shahridagi “A.B” MCHJ rahbari T.K. jamiyatga qarashli avtomobillarga gaz toʻldirish kompress shoxobchasining gaz hisoblash uskunasiga tashqi taʼsir koʻrsatish orqali 2,1 mlrd. soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirlik yoʻli bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.

    Dastlabki tergov davomida jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar toʻliq undirilishi taʼminlandi.