Sirdaryoda 22 ta ogʻir mahallalardagi yashovchi 95 ming nafar aholining turmush darajasi yaxshilandi

    Mamlakatimizda 20 Dekabr 2021 1608

    Sirdaryo viloyati hokimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha 2021-yil yakunlari hamda 2022-yil dolzarb vazifalar boʻyicha viloyat xalqiga murojaat qildi.

    Viloyat hokimi Gʻofurjon Mirzayev murojaatida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlariga toʻxtalib oʻtdi:- Yil yakuni bilan viloyat yalpi hududiy mahsulot hajmi 14 trln.soʻm yoki 114,8 foizni tashkil etib, belgilangan prognoz darajasida taʼminlanadi.Yalpi hududiy mahsulot hajmida kichik biznes ulushi 2021-yil yakunida 71,0 foizni tashkil etdi.- Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot 16,8 mln.soʻmni yoki oʻtgan yilga nisbatan 1,7 mln.soʻmga oshdi.

    Viloyatimizda qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik va asalarichilik yoʻnalishida jami 60 ta loyiha faoliyat boshladi. Buning natijasida qariyb 2731 bosh qoramol, 165 ming bosh parranda yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, 350 dan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratildi.

    Joriy yilda viloyatimizda jami 608 ta oila hamda uning 2,4 ming nafardan ziyod aʼzolari kambagʻal deb eʼtirof etilib “Temir daftar”ga kiritildi.Bugungi kunda “Temir daftar”ga kiritilgan 1,5 ming nafar mehnatga layoqatli aholining 1,4 ming nafarining (94,8%) bandligi taʼminlandi.Shuningdek, “Temir daftarda”gi ehtiyojmand oilalarga “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 1,8 mlrd.soʻmlik yordam koʻrsatildi.

    “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida 22 ta mahallada jami 85 mlrd.soʻm mablagʻlar evaziga ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini taʼmirlash, qurilish ishlari amalga oshirildi.

    — Dasturga asosan 41 ta ijtimoiy soha obyektlari taʼmirlandi;

    — Ichimlik suvi bilan taʼminlash boʻyicha 139 km ichimlik suvi tarmogʻi, 14 dona suv olish quduqlari, 15 dona suv inshootlari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi;

    — Tabiiy gaz va suyultirilgan gaz boʻyicha 19,4 km gaz quvurlari joriy taʼmirlandi va 103 ta gaz taqsimlash qurilmalari texnik taftishdan oʻtkazildi;

    — Aholining elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash maqsadida 316 km masofadagi elektr tarmoqlari yangilandi, 94 dona transformator punktlari rekonstruksiya qilindi.Mazkur dastur amalga oshirilishi natijasida 22 ta ogʻir mahallalar va ulardagi 18 mingdan ortiq xonadonlarda yashovchi 95 ming nafar aholining turmush darajasi yaxshilandi.