Oylik doirasida barcha hududlarda keng ko'lamli ishlar qilinmoqda. Xususan, Sirdaryo viloyatidagi mahallalarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari, ariqlarni tozalash, daraxtlarni butash, devorlarni oqlash, ko'cha chiroqlarini tartibga keltirish, yo'llarni ta'mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Tadbir doirasida birinchi navbatda hududlardagi 77 ta qabriston, 171 ta mahalla, 606 ta ko'cha, 6 ta ziyoratgohda obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, 298 ta ko'p qavatli uyning atrofi tozalandi, 95 ta chiqindixona tartibga keltirildi, 54 ta avtomobilga yoqilg'i quyish shaxobchasi, 73 ta MFY binolari ta'mirlandi va hududlari obodonlashtirildi.
Shuningdek, 43 ta bozor va savdo majmualarini ta'mirlash, hududlarini obodonlashtirish, sanitariya va gigienik holatini yaxshilash ishlari olib borildi.
74 ta suv inshooti hududi tartibga keltirildi.
SHu bilan birga, elektr energiya ta'minoti ob'ektlarini ta'mirlash bo'yicha hududlarda bir qator ishlar olib borildi. Jumladan, 20,1 km gaz tarmog'i va 67 ta transformator bo'yaldi, 31 ta podstantsiya tartibga keltirildi va 57 ta ustun almashtirildi.
Bundan tashqari, 40 ta bekat va 5 ta vokzal tartibga solindi. Umumiy holda 290 gektar maydon obodonlashtirilib, 356 tonna chiqindi chiqarildi. 107 km ariq va lotoklar, 30,2 km irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari tozalandi.
Obodonlashtirish oyligi 10 sentyabrga qadar davom etadi.
