Vazirlik axborot xizmati xabariga koʻra, oʻrganishlar natijasida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish istagida boʻlgan 10 ga yaqin xonadon sohiblari shu joyning oʻzida tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazilib, ularga “Oilaviy mehmon uylari va hostellar yagona reyestridan koʻchirma” va maxsus guvohnomalar taqdim etildi.

Masʼullar tomonidan tashabbuskorlarga turizmni rivojlantirish, turistik xizmat turlarini koʻpaytirish va yaxshilash boʻyicha tegishli tavsiyalar berilib, Vazirlikning esdalik sovgʻalari topshirildi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Respublikamiz barcha hududlarining turistik salohiyatga ega tuman mahallalarida oilaviy mehmon uylarini tashkil etish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.