Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Bugun Sayxunobodda "Agrobank" va Xalq bankining 600 million soʻm homiylik mablagʻi hamda tadbirkorning 400 million soʻm sarmoyasi hisobidan yiliga 12 tonna asal ishlab chiqarish va qadoqlash quvvatiga ega "Sayxun asal mahsuloti" asalarichilik markazi ish boshladi.
Ittifoq va unga qoʻshni mahallalarni qamraydigan bu markazda quti va jihozlar ishlab chiqarish, asalni qadoqlab, eksportga yuborish, kooperatsiya shaklida xonadonlarga jihoz va asalari oilalari yetkazib, aholiga asalari boqishni nazariy va amaliy jihatdan oʻrgatish ishlari tashkil qilinadi.
Buning uchun yangi bino zamonaviy jihozlanib, Polsha, Rossiya va Xitoydan eng ilgʻor texnologiyalar, oʻquv qoʻllanmalari, ishlab chiqarish dastgohlar keltirilib oʻrnatildi. Eng muhimi, 10 nafarga yaqin ishsiz yoshning bandligi taʼminlandi.