Sirdaryoda ayoli va qaynonasini pichoqlab oʻldirgan erkak 24-yilga qamaldi

    Janjal toʻyga olingan mebel pullari toʻlanmagani uchun mebelchilar ularni olib chiqib ketgani ortidan kelib chiqqan.

    Aniqlanishicha, qotillikka oilaviy janjal sabab boʻlgani sud majlisida maʼlum boʻlgan. Janjal toʻyga olingan mebel pullari toʻlanmagani uchun mebelchilar ularni olib chiqib ketgani ortidan kelib chiqqan.

    Er-xotin janjaliga qaynona ham aralashadi. Chunki Tojikiston fuqarosi boʻlgan kelinning Oʻzbekiston hududida boʻlish muddati oʻtib ketgani uchun ukasi tashlab bergan 2 mln 300 ming soʻm jarima pulini kuyov ishlatib qoʻygani qaynonaning eʼtiroziga sabab boʻlgan.

    Sudlanuvchi tungi soat 01:40 atrofida qaynonasi va turmush oʻrtogʻini qasddan oʻldirish maqsadida ular yashaydigan xonadonga mast holatda kelib, ular bilan oʻzaro janjallashgan. Janjal natijasida erkak oʻzi bilan olib kelgan oshxona pichogʻi bilan dastlab qaynonasining badaniga 6 marotaba urib qasddan oʻldirgan. Shundan soʻng, jinoyatni davom ettirib turmush oʻrtogʻining badaniga 15 marotaba pichoq urib qasddan oʻldiradi.