Sirdaryoda bir kishi gazdan zaharlanib vafot etdi, 2 kishi kasalxonaga yotqizildi

    Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

    Sirdayo viloyati Guliston shahri “Bogʻishamol” MFY Guliston koʻchasida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan soat 10:00da viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga tezkor murojaat kelib tushgan.

    Unga koʻra, mazkur obyektda “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimlarida nomaʼlum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli ogʻirlashgani haqida xabar berilgan.

    Viloyat suv taʼminoti korxonasi masʼullari, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli huquq-tartibot idoralari masʼullaridan tashkil etilgan tezkor guruh oʻrganishlari natijasida hozirda xodim H.I. vafot etgan va qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan boʻlib, shifokorlar tomonidan ahvoli oʻta ogʻirligi qayd etilmoqda.

    Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish yakunlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.