Sirdaryoda COVID-19 infeksiyasiga qarshi 277 mingdan ziyod kishi emlandi

    Salomatlik 13 Oktabr 2021 1655

    Respublikamizni barcha viloyatlarida boʻlgani kabi Sirdaryo viloyatida hamCOVID-19 pandemiyasini oldini olish, kasallikka chalingan bemorlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish borasida qator ishlar amalga oshirildi.

    Kasallikni ushbu turi bilan kasallangan va gumon qilingan bemorlarni barvaqt aniqlash, tashxis qoʻyish va ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida viloyatning uchta hududida maxsus muassasalar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan.

    Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 120 oʻringa, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida 40 oʻringa, “Alpomish” sport kompleksida 200 oʻringa moʻljallangan oʻrin joylari tashkil etilib, malakali mutaxassislar bilan taʼminlangan.

    COVID-19 pandemiyasi boshlangandan buyon viloyatda 3 781 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi hamda pnevmoniya kasalliklari bilan kasalliklar turi aniqlanib, shundan 3 692 nafari davolash muassasalarida hamda oila shifokori nazorati ostida oʻz uylarida davolandi. Davlatimiz yordami bilan ular dori-darmon vositalari bilan oʻz vaqtida taʼminlandi.

    Ayni vaqtda, viloyatda COVID-19 bilan kasallangan bemorlar dinamikasiga nazar tashlaydigan boʻlsak, Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus inspeksiyasi va pnevmoniya bilan kasallangan va davolanayotgan bemorlar 114 nafarni, Yangiyer shahar tibbiyot birlashmasida 11 nafarni, “Alpomish” sport kompleksida davolanayotgan bemorlar 82 nafarni tashkil etib, ularga malakali tibbiy xizmat koʻrsatilyapti.

    Bundan tashqari viloyatda koronavirus inspeksiyasini oldini olish maqsadida viloyatning barcha hududlarida emlash punktlari tashkil etilib, mazkur punktlar zarur tibbiy jihoz hamda 4 turdagi vaksinalar bilan taʼminlandi. Emlanganlar koʻrsatkichiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak,Astra Zeneka vaksinasi bilan emlanganlar 13 049 nafarni, Sputnik V vaksinasi bilan emlanganlar 4 500 nafarni, ZF-UZ-VAS 2001 vaksinasi bilan emlanganlar 206 081 nafarni, MODERNA vaksinasi bilan emlanganlar 40 153 nafarni, PFIZER vaksinasi bilan emlanganlar 13 851 nafarni tashkil etdi.

    Quvonarli tomoni, emlanish jarayonlarida ishtirok etgan bemorlarda koronavirus infeksiyasi va pnevmoniya bilan kasallanish holatlari deyarli kuzatilmadi. Kuzatilganlari ham bu kasallikni oson, hech qanaqa qiyinchiliklarsiz qisqa fursatlarda yengib oʻtdi.

    Qolaversa, hozirgi kunda vaksinatsiya jarayonlari uyushqoqlik asosida viloyatda oʻtkazilib, emlash qamrovi 12 yoshdan katta boʻlgan bolalar hisobiga oshdi.

    Kasalliklar sonini qisqarishi aholini salomatlik koʻrsatkichi yaxshi tomonga oʻzgarganidan dalolat beryapti, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.