Sirdaryoda erkak voyaga yetmagan bolaga zoʻravonlik qildi

    Ijtimoiy hayot 11 May 2025 1070

    Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida erkak voyaga yetmagan bolaga zoʻravonlik qilgani haqida xabarlar tarqalib jamoatchilik muhokamalariga sabab boʻldi. Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.

    Qayd etilishicha, mazkur holat Sirdaryo viloyati IIB masʼullari tomonidan oʻrganilganda video tasvirdagi holat ishtirokchilari shaxsiga aniqlik kiritilib, qonuniy tartibda hujjatlar rasmiylashtirilganligi aniqlandi.

    Hozirda holat yuzasidan Guliston shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.