Sirdaryoda fan olimpiadasining viloyat bosqichi start oldi

    2021-yilning 5-yanvaridan boshlab viloyatdagi umumtaʼlim muassasalarining 9-11-sinf oʻquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining I-II-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida umumtaʼlim fanlaridan Respublika fan olimpiadasining III (viloyat) bosqichiga start berildi.

    Olimpiada 2021-yilning 5-10-yanvar kunlari Guliston shahridagi 5-umumtaʼlim maktabida toʻliq karantin qoidalariga rioya qilgan holda boʻlib oʻtmoqda.

    Eslatib oʻtamiz, fan olimpiadalarining Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarga ixtisoslik fani boʻyicha davlat oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi. Ularni tayyorlagan oʻqituvchilar esa bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan 30 barobarigacha bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.