Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu koʻrik-tanlovda mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoaga oliy mukofot – “Damas” avtomobili topshiriladi.

Bundan tashqari, tanlovda 1-oʻrinni egallagan 2 jamoaning har biriga 20 million soʻmdan, 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan 2 jamoaga 10 million soʻmdan va 3-oʻrin sohibi boʻlgan 2 jamoaning har biriga 5 million soʻmdan pul mukofotlari topshiriladi.

Koʻrik-tanlov gʻolib va sovrindorlariga mukofotlar Mustaqillik bayrami arafasida tantanali taqdirlash marosimida topshirilishi rejalashtirilgan.