Sirdaryo viloyatida “Gullar festivali” 2018-yildan buyon an'anaviy tarzda o'tkazib kelinadi. Go'zallik bayrami viloyat markazining o'z nomiga monand ko'rkam shaharga aylanishiga xizmat qilmoqda, deb yozmoqda viloyat hokimligi rasmiy manbalari.
Bu yil ham ushbu an'anaga sodiq qolgan holda Guliston shahrida mamlakatimiz Mustaqilligining 31 yilligini munosib nishonlash maqsadida “Gullar festivali”ni o'tkazish rejalashtirilgan.
“Bilimdonlar maskani”da mazkur festivalga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Shu asnoda xiyobonlar, markaziy ko'chalarning bo'ylarida rang-barang gulzorlar tashkil etishga kirishildi.