Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
Sirdaryo tumanida joylashgan zavodda “Elantra”, “Tucson”, “Sonata”, “Santa Fe”, “Palisade” va “Staria” rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Avtomobillarni sotuvi, dilerlik markazlarni rivojlantirish va servis jarayonlari bilan “Astana Motors” shugʻullanadi.
Eslatib oʻtamiz, “Asaka Motors International” kompaniyasi dunyoda mashhur boʻlgan “Opel”, “Fiat” va “Alfa Romeo” brendlarining Oʻzbekistondagi yagona rasmiy distribyutori boʻlib, Xitoyning “EXEED” premium brendining ishlab chiqaruvchisidir.