Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahar IIB Jamoat xavfsizligi xizmati probatsiya guruhi katta inspektori nazoratida turgan, shu yilning fevral oyida JKning 168-moddasi (Firibgarlik) bilan ayblanib axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan shaxsni jazoni Yangiyer shahrida oʻtamaslik evaziga pul talab kilganligi aniqlandi
Shuningdek, maxbusdan Toshkent shahrida erkin tadbirkorlik faoliyatini olib borishi uchun yordam berish evaziga Yangiyer shahridan 2 xonali uyni sotib olib, uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda 500 AQSH dollari miqdorida pul mablagʻi berishini talab qilib, 400 dollar hamda 1 mln 260 ming soʻmni oʻz xizmat xonasida olayotgan vaqtda ushlandi.
Hozirda mazkur ish boʻyicha JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.