Mazkur filialda oʻtgan yili 3 ming nafardan ortiq bemor davolangan boʻlsa, ularning aksariyati nur terapiyasi olish uchun poytaxtga borishiga toʻgʻri kelgan edi. Endi esa ovoragarchiliklarning oldi olindi. Chexiya davlatidagi UJP PRAHA firmasidan Islom taraqqiyot bankining 4.5 milliard soʻm pul mablagʻi hisobiga keltirilgan Terabalt nur apparatini oʻrnatish ishlari nihoyasiga yetkazildi.

Foto: Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Viloyat hokimligi tomonidan binoni qayta taʼmirlash uchun 200 mln soʻm qoʻshimcha pul mablagʻ ajratildi. Qolaversa, 2 metrlik qalin devor ichiga oʻrnatilgan moslamani ishlatish uchun 3 nafar markaz xodimi Belorussiyaning Minsk shahrida, 4 nafar hamshira Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida malaka oshirib kelishdi.

Foto: Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Shifoxonada 106 nafar tibbiyot xodimi faoliyat yuritadi. Yangi uskunalarning keltirilishi jamoa ishini yengillashishiga va bemorlarga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshishiga yordam beradi.

Foto: Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi

Xulosa oʻrnida aytganda, onkologik kasalliklarni oldini olish va davolash maqsadida Sirdaryoda muhim qadam tashlandi. Bunday yuqori texnologiyaga asoslangan, innovatsion va zamonaviy uskuna bilan taʼminlanishi Davlatimiz rahbarining qolaversa, Sirdaryo viloyat hokimligining xalqimiz salomatligini saqlash yoʻlida olib borayotgan oqilona siyosati mahsuli desa boʻladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati