Sirdaryoda ilk marotaba, koʻz toʻr pardasida lazer jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi

    Salomatlik 8 Yanvar 2024 874

    Mazkur turdagi amaliyot Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markaz, markaz filial oftalmologlari tomonidan hamkorlikda amalga oshirildi.

    —Oʻylab qaraydigan boʻlsak, lazer jarrohlik amaliyoti ham, koʻz sohasida amalga oshirilayotgan boshqa amaliyotlar kabi oʻta murakkab hisoblanib, koʻz toʻr parda koʻchishi, shishasimon tana va toʻr pardaga qon quyilishi kabi holatlarni oldini olishda, nihoyatda qoʻl keladi, — deydi Respublika ixtisoslashtirilgan koʻz mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo filiali direktori, oliy toifali, oftalmolog shifokori Rasul Karimov. — Biroq, ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyotidan soʻng, koʻzning koʻrish oʻtkirligi birdaniga yaxshilanmaydi. Ammo, lekin, yaxshi boʻlish uchun, maʼlum bir vaqt mobaynida buyurilgan dorilardan oʻz vaqtida foydalanilib turishga, baʼzi bir cheklovlarga rioya etishga toʻgʻri keladi.

    Buning uchun, eng avvalo, issiq hammom va saunaga tushmaslik, spirtli ichimliklar qabul qilmaslik, 3 kg dan oshiq yuk koʻtarmaslik, jismoniy zoʻriqish va sport bilan shugʻullanmaslik, boshni tezkor harakatlantirmaslik, kompyuter, telefon va televizor koʻrishdan cheklanish, gaz plitasi, tandir, oʻchoq va issiq pechlar oldiga yaqinlashishdan ehtiyot boʻlish lozim. Ana shundagina, lazer jarrohlik amaliyotdan keyingi asoratlar xavfi va tiklanish davri qisqaradi.

    Ushbu turdagi, lazer jarrohlik amaliyoti Sirdaryoda koʻz toʻr pardasida muammosi bor, yuqori texnologik amaliyotga muhtoj boʻlgan, 25 nafar fuqaroda muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

    Bu esa sirdaryoliklar uchun kutilmagan yangilik boʻlib qolmay, turli ovoragarchilik, sarsongarchiliklarni oldi olinishga xizmat qiladi.

    Gʻulom Primov,

    Sirdaryo viloyat

    Sogʻliqni saqlash boshqarmasi

    matbuot kotibi.