Bu haqda viloyat hokimining qarori qabul qilindi.
Maktab-internatida tegishli soha boʻyicha oliy maʼlumotli, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega boʻlgan ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda pedagogik va tibbiy faoliyat bilan shugʻullangan malakali kadrlar taʼlim beradi. Oʻz navbatida qonunchilikda belgilangan tartibda ularning oylik maoshiga ustama haqlar toʻlanadi.
Maktab-internatning moddiy-texnik bazasi toʻliq mustahkamlanib, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashga zamin yaratiladi.