Majburiy ijro byurosining Guliston shahar boʻlimi ish yurituvidagi, jinoyat ishlari boʻyicha Guliston shahar sudining ijro hujjatlariga asosan A.Isroilovga oid jinoyat ishi yuzasidan ashyoviy dalil, 185 konvalyutada jami 2 403 dona “Regopen” nomli hamda 90 dona flakonda boʻlgan “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini belgilangan tartibda yoʻq qilinishi belgilangan.
Mazkur ijro hujjatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli qaroriga binoan olib borilgan ijro harakatlari natijasida 185 konvalyutada jami 2 403 dona “Regopen” nomli hamda 90 dona flakonda boʻlgan “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini belgilangan tartibda toʻkish va yoqish yoʻli orqali yoʻq qilindi.