Sirdaryoda mahallalar infratuzilmasi yaxshilanmoqda

    Ijtimoiy hayot 10 Oktabr 2023 1260

    Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha respublikamizning 56 mahallasida keng koʻlamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

    Qabul qilingan dasturga muvoffiq Sirdaryo viloyatda ham 4 ta mahalla qamrab olingan boʻlib, ular Xovos tumanidagi "Oqchangal", Sayxunobod tumanidagi "Yangi hayot", Oqoltin tumanidagi "Mustaqillik" va Guliston tumanidagi "Inoqlik" mahallalaridir.

    Hozirda ushbu MFYlarda jami 13 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelmoqda. Ularning barchasida “xonadonbay” oʻrganishlar oʻtkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida har bir mahalla kesimida “Yoʻl xaritalari” ishlab chiqildi va tegishli ishlar boshlab yuborildi.

    Respublika ishchi guruhi tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tanlab olingan hududlarda jami 47 ta koʻcha obodonlashtirilmoqda.

    Xususan, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 297 dona eski simyogʻochlar yangi temir-beton ustunlarga almashtirildi, 8 ta TP punktlari kapital tamirlandi, 9 km uzunlikdagi SIP kabellar tortildi.

    Mahalla ichki yoʻllarining jami 3 km uzunlikdagi qismi shagʻallashtirildi.

    Gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida jami 2 ta GTP kapital taʼmirlandi va 9 km gaz quvurlari joriy taʼmirlandi. Shuningdek, 6 ta isitish qozonlari qayta rekonstruksiya qilindi.

    Hududdagi ijtimoiy soha obyektlariga jami 184 tonna va aholi xonadonlariga 28 tonna koʻmir mahsulotlari yetkazib berildi.

    Ichimlik suvi taʼminotini yaxshilash boʻyicha 4 km uzunlikdagi suv quvurlari tortildi, shu jumladan, 2 dona yangi suv inshooti oʻrnatildi.

    Mahallalardagi mavjud 3 ta qabriston toʻliq tozalandi, mavjud daraxtlarga shakl berilib, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

    Joylarda mahalla binosi va ijtimoiy obyektlardagi kamchiliklarni bartaraf etish yoʻnalishida mahalla beshligi uchun yangi xizmat binosi qurish ishlari boshlandi, 1 ta mahalla binosi kapital taʼmirlandi.

    Aholi sogʻligʻini yaxshilash maqsadida 6 mingga yaqin fuqaro chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shuningek, 129 nafar fuqaro bepul dori-darmon vositalari bilan taʼminlandi.

    Bundan tashqari, aholi bandligi taʼminlash maqsadida jami 306 fuqaro ishga joylashtirildi. Shundan doimiy ishga joylashtirilgan aholi soni 44 nafar, jamoatchilik asosida ishga joylashtirilgan 181 nafar, oʻzini-oʻzi band qilganlar 52 nafar hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan jismony shaxslar 29 nafarni tashkil etdi.

    Ishlar davom etmoqda.