Sirdaryoda masofaviy xizmatlar eksporti BPO logistika markazi ochildi

    Raqamlashtirish 22 Sentabr 2023 1755

    “IT Park” Sirdaryo viloyati filialida masofaviy xizmatlar eksporti BPO logistika markazi ish boshladi. BPO markazni tashkil etishdan asosiy maqsad – IT va logistika yoʻnalishidagi xizmatlarni Sirdaryodan turib AQSHga eksport qilishdan iborat.

    Uning ochilishiga bagʻishlangan tadbirda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev ishtirok etib, yuqori maoshli IT kasblarni egallash evaziga yoshlarning bandligini oshirish ustuvor yoʻnalishlardan biri ekanini taʼkidladi. Markaz rahbariga “IT Park rezidenti” guvohnomasi topshirildi.

    Hozirda bu yerda 6 nafar yigit-qiz ish bilan taʼminlangan. Kelgusida ularning sonini 50 nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Yil yakuniga qadar IT xizmatlar koʻrsatish hajmini 100 ming dollarga yetkazish koʻzda tutilgan

    Shu yerning oʻzida IT-park rezidentlari, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat olib borayotgan yoshlar bilan muloqot boʻldi. Ular oʻzlarining faoliyatlari, yangi loyihalari haqida soʻzlab berdi. Viloyat hokimi yoshlarning fikrlarini eshitib, takliflarini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.