Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha oʻtkazilgan reyd davomida fuqaro T.X. tumandan oqib oʻtuvchi zovurdan ov qoidalarini buzgan holda 4 turdagi 27 ta baliqlarni ovlagani, bulardan 9 ta baliq meʼyoridan (5 kg) ortiqcha ekanligi aniqlandi. Natijada hayvonot dunyosiga 14 mln 960 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilgan.
Maʼlumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy suv havzalarida baliq ovlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, tabiiy suv havzalarida jismoniy shaxslarga sport-ishqibozlik turida 1 sutka ichida 5 kg.gacha miqdorda boʻlgan baliqni ovlashga ruxsat etiladi.
Hozirda holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJTKning 90-moddasi 1-qismiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. T.X. bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari — 5 mln 100 ming soʻm miqdorida jarimaga tortildi. U qilmishi uchun jami 20 million 60 ming soʻm (jarima va zarar) toʻlaydigan boʻldi.